Bunyodkor ko‘chasining bir qismi gastronomik turizm maskaniga aylantirildi

eʼlon qilindi
Bu yerda 90 ta tadbirkorlik subyekti tunu kun ishlaydi
Bunyodkor ko‘chasining bir qismi gastronomik maskanga aylantirildi. Foto: Prezident matbuot xizmati

Bunyodkor ko‘chasining bir qismi gastronomik turizm maskaniga aylantirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bunyodkor markaziy ko‘chasida san’at va madaniyat maskanlari, turli idoralar, ko‘p qavatli uylar, supermarket va restoranlar joylashgan. Shu salohiyatdan foydalangan holda uning 1,5 kilometr qismi xizmat ko‘rsatish va gastro­turizm ko‘chasiga aylantirildi.

Bundan tashqari, bu yerda 90 ta tadbirkorlik subyekti tunu kun ishlaydi. Shundan 45 tasi yangi tashkil etildi, 500 kishi ish bilan ta’minlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ko‘chaga yaqin Kamolon, Yangi Kamolon va Kamolon Darvoza mahallalarida 18 mingga yaqin aholi yashaydi. Hozir bu joyga yiliga 255 ming mehmon tashrif buyurmoqda, endi ularning sonini yiliga 1 millionga yetkazish imkoniyati yaratilgan.

Ma’lumot o‘rnida, poytaxtning Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yakkasaroy va Yangi Hayot tumanlarida ham shunday gavjum ko‘chalar tashkil etilgan. Bunyodkor ko‘chasi ana shu turizm halqasining bir qismi bo‘ladi.

Umuman, Toshkentda 26 ta ko‘chani tunu kun ishlaydigan gavjum ko‘chaga aylantirish, 24 soat ishlaydigan savdo nuqtalarini mingtaga ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent uchun ishlab chiqilgan «yechimlar atlasi» taqdimoti bilan tanishgani haqida yozgandi.

Shuningdek