Dollar yana pastladi

eʼlon qilindi
18,98 so‘mga pastladi
10-iyul kuni dollar kursi qanchaga pastladi / Foto: Unsplash

Bugun, 10-iyul kuni dollar kursi 18,98 so‘mga pastlab, 12 634,34 so‘mni qayd etdi. Bu haqda Valyuta birjasi xabar berdi.

Dollar kursining so‘nggi uch kunlikdagi qiymati

SanaKurs (so‘m)O‘zgarish
7-iyul12 676,73+70,00 so‘m
8-iyul12 712,09+35,36 so‘m
9-iyul12 653,32−58,77 so‘m

30-iyun kuni dollar kursi 40,84 so‘mga oshib, 12 694,97 so‘mga yetdi. Bu hafta boshidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi.

1-iyuldan boshlab dollar kursida bosqichma-bosqich pasayish boshlandi. 1-iyul kuni kurs 18,86 so‘mga kamayib, 12 676,11 so‘mni tashkil etdi. 2-iyulda esa eng katta tushish qayd etildi – dollar 84,4 so‘mga arzonlab, 12 591,71 so‘mga tushdi. 3-iyulda pasayish davom etdi, kurs yana 34,15 so‘mga kamayib, 12 557,56 so‘m bo‘ldi.

4-iyul kuni vaziyat o‘zgarib, dollar kursi 49,17 so‘mga ko‘tarilib, 12 606,73 so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 0,76 so‘mga pasayib, 14 821,34 so‘mni, rubl esa 0,48 so‘mga oshib, 162,37 so‘mni tashkil qildi.

Qaysi banklarda AQSh valyutasini qulay narxlarda almashtirish mumkin

Shuningdek, «Pultop» kanali ma’lum qilishicha, 10-iyul kuni soat 15:30 holatiga ko‘ra dollarning maqbul kurslari quyidagi banklarda kuzatilgan.

Banklarga sotish

Bank nomiKurs (so‘m)
«Ziraat Bank»12 695
«SQB»12 680
«Garant Bank»12 680

Banklardan sotib olish

Bank nomiKurs (so‘m)
«Asaka Bank»12 700
«Kapitalbank»12 715
«Anor Bank»12 725

AQSh dollarining o‘zgarishi

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek, AQSh valyutasining iyun oyidagi o‘zgarishi haqida material e’lon qilingan edi. 

Shuningdek