Farg‘onada 2,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

eʼlon qilindi
Xususiy korxonaga tegishli oshxona gazdan hisoblagichsiz foydalanib kelgan
Farg‘onada 2,9 milliard so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Foto: «O‘zenergoinspeksiya»

Farg‘ona viloyatida 2,9 milliard so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Dang‘ara tumanida joylashgan xususiy korxonaga tegishli oshxona gaz tarmog‘idan hisoblagichsiz yashirin ravishda foydalanib kelgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik tufayli gaz ta’minoti korxonasiga 2,9 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jizzaxda 1,5 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangani haqida yozgandi.

Xabarga ko‘ra, viloyatning G‘allaorol tumanidagi Ftiziatriya dispanseri elektron gaz hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan. Oqibatda gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 535 million so‘m zarar yetkazilgan.

Shuningdek