Yangiliklar

G‘azodagi urush yakuniga yetmoqdami: Isroil va HAMAS sulhga rozi bo‘ldi

60 kunlik sulh imzolanadi
Isroil va HAMAS
G‘azodagi urush yakuniga yetmoqdami: Isroil va HAMAS sulhga rozi bo‘ldi / Foto: ABC News

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu garovga olinganlarning oilalariga murojaat qilib, kelishuv bo‘yicha kim ozod qilinishini HAMAS tanlashini aytdi. Bu haqda The Times of Israeel ma’lum qildi. U 60 kunlik sulh davomida doimiy tinchlik bo‘yicha muzokaralar olib borilishini bildirdi.

Shuningdek, Isroil rahbari zarurat tug‘ilsa Eron tomon zarbalarni kuchaytirishi mumkinligi qayd etgan. BMT esa G‘azoga 130 kundan keyin ilk bor-yoqilg‘i kiritilganini ma’lum qildi.

BMT vakili Stefan Dyujarikning ma’lum qilishicha, kecha G‘azo sektoriga 75 ming litr yoqilg‘i olib kirildi. Bu 130 kundan beri ilk bor kiritilgan yoqilg‘idir. Ammo bu miqdor hatto bir kunlik ehtiyojni ham qoplay olmaydi. Unga ko‘ra, katta hajmdagi yoqilg‘i kiritilmasa, xizmatlar to‘xtashi mumkin.

Foto: Times of Israeel

Donald Tramp va Netanyaxuning uchrashuvi Amerika matbuotida turlicha qarashlarni shakllantirmoqda. G‘azo fuqarolarining uchinchi tomon mamlakatlariga ko‘chirilishi xalqaro huquqning buzilishi sifatida e’tirof etilishi mumkin. Amerika rahbarining fikricha, bunga hech kim majbur emas. U G‘azodan ko‘chganlarni yaxshiroq hayot kutayotganiga ishontirmoqchi.

HAMAS Isroil taqdim etgan yangi xaritalardan norozi. Bu xaritalar 60 kunlik sulh doirasida Isroil armiyasining G‘azodan qisman chiqishini belgilaydi. Falastin rasmiysining The Times of Israel nashriga bergan ma’lumotga ko‘ra, HAMAS bu taklifga jiddiy qaramoqda.

Isroil bu xaritani AQSh bosimidan so‘ng taklif qilgan. Quddus yonida «insonparvarlik shaharchasi» barpo etilishi kutilmoqda. Shunga qaramay, manbalar kelishuv yaqin kunlarda imzolanishi mumkinligini inkor etmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Donald Tramp va Benyamin Netanyaxu dushanba kuni Vashingtonda uchrashgani haqida yozgan edi.