
Sun’iy intellekt sohasida mashhur Hugging Face kompaniyasi kichik hajmli Reachy Mini robotlari uchun buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
Robot ikki modelda taqdim etilgan: Reachy Mini Wireless ($449) – simsiz versiya va Reachy Mini Lite ($299) – tashqi kompyuterga ulanadigan model.
Ikkala robot ham Python tilida dasturlanadi va Hugging Face Hub bilan integratsiyalangan. Ular sun’iy intellekt ishlab chiquvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, AI ilovalarni yaratish va sinovdan o‘tkazishga yordam beradi.
Lite versiyasi kelasi oyda yetkazib beriladi, simsiz modeli esa yil oxirida sotuvga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sun’iy intellekt texnologiyalari global pandemiya ehtimolini besh barobar oshirishi haqida yozgan edik.