
10-iyuldan boshlab O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Arizani soat 9:00 dan boshlab my.gov.uz portali orqali yoki Davlat xizmatlari markazlariga borib topshirish mumkin. Subsidiyani olish uchun ijtimoiy mezonlarga ko‘ra, ball to‘plash talab etiladi. Ballar arizachining daromadi, yoshi, oilaviy yoki ijtimoiy ahvoli va ish joyiga qarab belgilanadi. 2024-yildan boshlab subsidiya miqdori 30 mln so‘m qilib belgilangan.
Ballar taqsimoti quyidagicha:
Mezon | Hudud/Kategoriya | Ball |
---|---|---|
MHTEKMning 2,7–7 baravari (3 118 500 – 8 085 000 so‘m) | Qoraqalpog‘iston va viloyatlar | 10 |
MHTEKMning 7–8 baravari (8 085 000 – 9 240 000 so‘m) | Qoraqalpog‘iston va viloyatlar | 5 |
MHTEKMning 2,7–8 baravari (3 118 500 – 9 240 000 so‘m) | Toshkent shahri | 10 |
MHTEKMning 8–9,2 baravari (9 240 000 – 10 626 000 so‘m) | Toshkent shahri | 5 |
Arizachi yoki oilasining nomida mulk yo‘qligi | Barcha hududlar | 20 |
«Labor-migratsiya» dasturida ro‘yxatdan o‘tganlar | Barcha hududlar | 10 |
Olis hududda ishlayotgan mutaxassis/tibbiyot xodimi | Barcha hududlar | 5 |
30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar | Barcha hududlar | 5 |
Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi ayollar (ajrashgan, beva yoki yolg‘iz ona) | Barcha hududlar | 5 |
«Tibbiy ijtimoiy ekspertiza»dan o‘tgan shaxslar | Barcha hududlar | 5 |
Subsidiyalar miqdori
To‘lov turi | Miqdori |
---|---|
Umumiy subsidiya (yangi uy uchun) | 30 mln so‘m |
Ipoteka summasi (viloyatlar, Qoraqalpog‘iston) | 330 mln so‘mgacha |
Ipoteka summasi (Toshkent shahri) | 420 mln so‘mgacha |
Dastlabki to‘lovni qoplash | 15 foiz |
Kreditning 14 foizdan ortiq qismi qoplanadi | 5 yil davomida |
Quyidagi holatlarda subsidiya rad etiladi:
- Arizadagi ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmasa;
- Ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lsa;
- Ilgari subsidiyadan foydalanganlar yana murojaat qilsa;
- Hudud uchun ajratilgan kvota tugagan bo‘lsa.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq nogironlar bandligini ta’minlagan tadbirkorlarga subsidiya ajratilishi haqida yozgan edik.