
Netflix Wednesday serialining ikkinchi mavsumi uchun rasmiy treylerini e’lon qildi.
Yangi treylerda bosh qahramon Addams yana «Nevermore» akademiyasiga qaytadi. Bu safar u yangi sirli voqealarga duch keladi, ya’ni sevgan insonining hayoti xavf ostida qoladi.
Bosh rol ijrochisi Jenna Ortega aytishicha, yangi mavsum slasher janridan ilhomlangan sahnalarni o‘z ichiga oladi.
Serialning yangi fasli Netflix platformasida yaqin kunlarda namoyish etilishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda Gollivud kinoyulduzi Bred Pitt bosh rolni ijro etgan va taniqli rejissyor Jozef Kosinski tomonidan suratga olingan Formula 1 filmi nihoyat katta ekranlarga chiqqani haqida yozgandi.