Kino va seriallar

Netflix Wednesday serialining ikkinchi fasl treylerini taqdim etdi

Serialning yangi fasli yaqin kunlarda namoyish etiladi
Foto: ShuOuma / BestHDWallpaper.com

Netflix Wednesday serialining ikkinchi mavsumi uchun rasmiy treylerini e’lon qildi.

Yangi treylerda bosh qahramon Addams yana «Nevermore» akademiyasiga qaytadi. Bu safar u yangi sirli voqealarga duch keladi, ya’ni sevgan insonining hayoti xavf ostida qoladi.

Wednesday: Season 2 | Official Trailer | Netflix

Bosh rol ijrochisi Jenna Ortega aytishicha, yangi mavsum slasher janridan ilhomlangan sahnalarni o‘z ichiga oladi.

Serialning yangi fasli Netflix platformasida yaqin kunlarda namoyish etilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda Gollivud kinoyulduzi Bred Pitt bosh rolni ijro etgan va taniqli rejissyor Jozef Kosinski tomonidan suratga olingan Formula 1 filmi nihoyat katta ekranlarga chiqqani haqida yozgandi.