Nvidia dunyoda bozor qiymati $4 trillionga yetgan ilk kompaniyaga aylandi

Nvidia qisqa muddatda $4 trlnlik bozor qiymatiga erishgan dunyodagi birinchi kompaniya bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, kompaniyaning aksiyalari 2,8 foizga oshib, $164.42 ga yetdi. Yakunda bozor qiymati $3,97 trlnda qayd etildi.
Bu yuksalish sun’iy intellektga bo‘lgan talab ortayotgan bir paytda sodir bo‘ldi. Nvidia’ning SI chiplariga bo‘lgan talab kompaniyani Apple va Microsoft bilan bir qatorga qo‘ydi. Hozirda u AQShda eng qimmat kompaniya maqomiga ega.
Kompaniya 2024-yil 1-choragida $44,1 mlrd daromad ko‘rsatdi va 2-chorakda bu ko‘rsatkich $45 mlrd atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Ayni vaqtda Nvidia S&P 500 indeksining 7,3 foizini egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hugging Face Reachy Mini robotlari savdosi boshlangan edi.