O‘zbekistonda ilk bor reniy metalli xorijga eksport qilina boshlandi
eʼlon qilindi
Dastlabki partiya shartnoma asosida Estoniyaga yuborildi

O‘zbekistonda birinchi marta noyob va qimmatbaho metall – reniy xorijga sotila boshlandi. Uni Toshkent metallurgiya kombinati ishlab chiqarmoqda. Dastlabki partiya Estoniyaga, VLCor Baltic OU kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida yuborildi.
Reniy – samolyotsozlik, kosmik texnika hamda yuqori haroratga chidamli mustahkam qotishmalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan noyob metall hisoblanadi.
2025-yilning dastlabki olti oyi davomida Toshkent metallurgiya kombinati umumiy qiymati $21,3 mln bo‘lgan mahsulotni eksport qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar ko‘pdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kimyo sanoatida ishlab chiqarish hajmi 1,5 barobar o‘sgani haqida yozgan edik.