O‘zbekistonda mikroqarzlar bozori bir yil ichida 2,3 baravarga o‘sdi

eʼlon qilindi
Mikrokreditlash bozori ham o‘sishni ko‘rsatib, 2,9 trillion so‘mdan 5,4 trillion so‘mga yetgan
O‘zbekistonda mikroqarzlar bozori bir yil ichida 2,3 baravar o‘sdi. Foto: Skorzewiak / Depositphotos

2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda mikroqarzlar ajratish hajmi 18,7 trillion so‘mdan oshdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich bir yil ichida 2,3 baravarga oshgan.

Shuningdek, mikrokreditlash bozori ham o‘sishni ko‘rsatib, 2,9 trillion so‘mdan 5,4 trillion so‘mga yetgan.

Joriy yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari jami 34,9 trillion so‘mlik kredit rasmiylashtirgan bo‘lib, bu bir yil ichida 74 foizlik o‘sishni anglatadi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 3-iyul holatiga mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 34,9 foizni tashkil etgan.

Joriy yil bahorida regulyator jismoniy shaxslar uchun mikroqarzlarda maksimal ortiqcha to‘lov summasini cheklashini e’lon qildi. Endilikda limit 0,3 foiz o‘rniga 0,25 foiz etib belgilangan. Shu bilan birga, mikroqarz bo‘yicha ortiqcha to‘lov yillik asosiy qarzning 50 foizidan oshmasligi kerak.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mikromoliya tashkilotlarida muammoli kreditlar ulushi oshayotgani haqida xabar bergandi.

Shuningdek