O‘zbekistonning UTY Cargo kompaniyasi Qirg‘izistonga ko‘mir eksport qilishda yordam bermoqda

O‘zbekistonning UTY Cargo milliy multimodal operatori Qirg‘izistonning janubiy viloyatlaridan ko‘mir eksport qilish uchun temir yo‘l vagonlarini taqdim etadi. Bu haqda 24kg nashri xabar berdi.
«Qirg‘iziston temir yo‘llari» kompaniyasida vagonlar tanqisligi yo‘qligi bildirildi va hozirda mavjud harakat tarkibi eksportyorlarning barcha ehtiyojlarini qoplashini ma’lum qilingan. UTY Cargo va «Qirg‘iziston temir yo‘llari»ning o‘z vagonlaridan tashqari, ko‘mir tashish jarayonida «O‘zbekiston temir yo‘llari» va «Rasmiy Jol» kompaniyasining harakat tarkibi ham ishtirok etmoqda.
«Qirg‘iziston temir yo‘llari» janubiy yo‘nalishda yuk aylanmasining sezilarli o‘sishini qayd etib, ko‘mir tashishga 40 foizlik chegirma amal qilishini eslatgan.
Avvalroq «Kursiv» Qirg‘iziston O‘zbekistondan o‘tgan yirik yer maydonlarini davlat mulki sifatida qabul qilgani haqida xabar bergandi.