Gadjetlar

Perplexity sun’iy intellektli Comet brauzerini taqdim etdi

U elektron pochta, taqvim va veb-ishlarni avtomatlashtiradi
Perplexity sun’iy intellektli Comet brauzerini taqdim etdi / Foto: AI Rockstar

Perplexity kompaniyasi o‘zining birinchi sun’iy intellektli brauzeri – Comet’ni ishga tushirdi. Bu haqda Techcrunch nashri ma’lum qildi.

Brauzer hozircha Perplexity Max ($200/oy) tarifidagi foydalanuvchilarga va kutish ro‘yxatidagi ayrimlarga taqdim etilgan.

Comet’ning asosiy xususiyati – Perplexity AI qidiruv tizimi va Comet Assistant yordamchisi bo‘lib, u elektron pochta, taqvim va veb-ishlarni avtomatlashtirishga xizmat qiladi. Biroq u to‘liq ishlashi uchun foydalanuvchi hisoblariga keng ruxsat talab qiladi, bu esa maxfiylikka oid savollarni keltirib chiqarmoqda.

Comet kuchli raqobatchilar – Google Chrome, Safari va OpenAI’ning kelayotgan brauzeri fonida ishga tushirilmoqda. Shunga qaramay, Perplexity oyiga 780 mln so‘rov bilan o‘sishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sun’iy intellekt texnologiyalari global pandemiya ehtimolini besh barobar oshirishi mumkinligi haqida yozgan edik.