«PSJ» «Real Madrid»ni mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

10-iyul 2025 12:56 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Svyatoslav Polyakov

Svyatoslav Polyakov

Direktor o'rinbosari s.poliakov@kursiv.uz
Foto: PSJ

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi yarim finalida «PSJ» «Metlayf» stadionida «Real Madrid»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida parijliklar dastlabki daqiqalardanoq o‘yinni o‘z nazoratlariga oldi. O‘yinning yettinchi daqiqasidayoq hisob ochildi. Raul Asensio o‘z jarima maydoni yaqinida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni Usman Dembelega «sovg‘a» qildi. Fransuz futbolchisi Kurtua bilan yakka-yakka chiqdi. Darvozabon uni yiqitganiga qaramay, to‘p yugurib kelgan Fabian Ruisga bordi va u bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi – 1:0.

Ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas «PSJ» ustunligini ikki baravar oshirdi. Bu safar Ryudiger xatoga yo‘l qo‘ydi. «Real» himoyachisi yana o‘sha Dembele bosimiga bardosh berolmay, to‘pni boy berdi. Fransuz futbolchisi tezligini pasaytirmagan holda 14 metr masofadan darvozaning pastki burchagiga aniq zarba berdi. Kurtua bu zarbani qaytarishga ojizlik qildi — 2:0.

Madridliklar javob berishga urindi, ammo ularning hujumlari samara bermadi. Vinisius qanotda harakat qildi, biroq «PSJ»ning ishonchli mudofaasiga qayta-qayta duch keldi. Mehmonlarda faqat bitta haqiqiy xavfli vaziyat yuzaga keldi – sakkizinchi daqiqada Vinisius darvoza bo‘ylab to‘p uzatdi. Ammo Gonsalo Garsiya to‘pga yetib bormadi.

Shu orada parijliklar raqib mudofaasini tebratishda davom etib, 25-daqiqada uchinchi marta o‘z maqsadlariga erishdi. Hakimining o‘ng qanotdagi tez harakati bilan hujum boshlandi. U Ruisga aniq to‘p uzatdi. Valverdening bosimiga qaramay, ispaniyalik futbolchi burchakka aniq zarba berdi – ispaniyalikning dublі va hisob 3:0 bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim «Real»ning ancha faol harakatlari bilan boshlandi. Nominal mehmonlar tashabbusni qo‘lga olishga urinishdi. Dastlabki daqiqalardayoq Valverde va Vinisius qanotlarda bir nechta yorib o‘tishlarni amalga oshirdi. Biroq «PSJ» himoyasi sovuqqonlik bilan harakat qildi.

50-daqiqada parijliklar hatto bekor qilingan gol bilan e’tiborni tortdi. Due Kurtua darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo uzatma paytida Dembele ofsaydda qolgan edi.

Jamoalar bir qator almashtirishlarni amalga oshirdi. Biroq o‘yin tobora maydon markazidagi shaxmat partiyasiga o‘xshab qoldi. «PSJ» o‘yinni ishonch bilan nazorat qilardi. «Real» esa Donnarumma darvozasiga yo‘l topishga behuda urinardi.

88-daqiqada Gonsalu Ramush hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi. Barkola «Real» jarima maydonining chap qismida to‘pni qabul qilib, himoyachiga mohirona yaqinlashdi. U o‘ziga bo‘sh joy yaratib, to‘pni jarima maydoni markaziga, Ramushga uzatdi. Portugaliyalik darvoza oldida yolg‘iz qolib, chap yuqori burchakka kuchli zarba berdi.

Musobaqaning final o‘yini 14-iyul kuni «PSJ» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek