
Samsung Electronics New Yorkda yangi Galaxy Z Fold 7 va Galaxy Z Flip 7 smartfonlarini taqdim etdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Ular oldingi modellariga qaraganda yupqaroq va yengilroq bo‘lib, sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan boyitilgan. Galaxy Z Fold 7 narxi $1999, Flip 7 FE esa $899 etib belgilangan.

Kompaniya SIga ega smartfonlar bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Yangi telefonlar Google’ning Gemini ovozli yordamchisi bilan integratsiya qilingan ilk aqlli soatlar bilan birga taqdim etildi.

Samsung ayni paytda AQSh, Yevropa va Janubiy Koreya bozorlariga e’tibor qaratmoqda. Bukiluvchi telefonlar kompaniya savdosining 4 foizini, lekin $800 dan qimmat qurilmalarning 16 foizini tashkil etadi. Shu bilan birga, Samsung uch qismli bukiluvchi telefonlar ustida ham ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S25 FE yanada yupqaroq bo‘lishi haqida yozgan edik.