Suv quvuri portlashi oqibatida yetkazilgan zararlar Veolia Energy Tashkent tomonidan qoplanadi

Bugun, 11-iyul kuni soat 11:00 atrofida poytaxtning Shayxontohur tumanida joylashgan Farobiy ko‘chasida diametri 800 millimetr bo‘lgan quvur portladi.
Hodisa natijasida jarohat olgan fuqarolar, ko‘chadagi avtotransport vositalari va obyektlariga yetkazilgan zararlarni Veolia Energy Tashkent kompaniya to‘liq qoplab berishini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, ushbu portlash TC-10 qozonxonasi hududida, M 0-16 va M 0-17 issiqlik kamerasi oralig‘ida, Olmazor tumanidagi Farobiy va Shifokorlar ko‘chalari kesishmasida joylashgan issiqlik tarmog‘i uchastkasida 16 ati bosimdagi (atmosfera) mexanik mustahkamlik sinovlari o‘tkazilgan.



Sinovlar davomida 12,6 ati bosimda diametri 800 mm bo‘lgan trubada suv chiqishi kuzatilgan. Ushbu issiqlik tarmog‘i uchastkasi 1989-yilda ekspluatatsiyaga topshirilgan.
Hodisa natijasida yaqin atrofdagi do‘konlarga moddiy zarar yetgan, umumiy maydoni 8 metr kvadrat bo‘lgan oyna vitrinalari singan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ushbu portlash bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi izoh bergani haqida yozgandi.