Yangiliklar

Toshkentdagi yirik suv quvuri portlashi bo‘yicha rasmiy munosabat berildi

800 millimetrli suv quvuri
Авария в Ташкенте
Foto: Videodan olindi

Bugun, 10-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yirik suv quvuri yorilgani haqida videolar tarqaldi. Bu bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/07/img_4765.mp4
Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Unga ko‘ra, soat 11:00 atrofida poytaxtning Shayxontohur tumanida joylashgan Farobiy ko‘chasida diametri 800 millimetr bo‘lgan quvur portlagan. Hodisa natijasida ko‘chada kuchli suv oqimi yuzaga kelgan.

«Hodisa joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda. Tan jarohati olganlar to‘g‘risida hozircha ma’lumot kelib tushmadi», – deyiladi xabarda.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/07/img_4764-1.mp4
Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu holat kommunal tarmoqdagi issiq suv tarmog‘ini bosim ostida tekshirish jarayonida yuzaga kelgan.

«Hodisa oqibatida 3 nafar fuqaro yengil tan jarohti olgan va ularga voqea joyida tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Ularni shifoxonaga olib borishga ehtiyoj bo‘lmagani sababli, o‘z uylariga ruxsat berilgan», – deya qo‘shimcha qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasidagi konditsionerlar ko‘chirilishiga izoh berilgani haqida yozgandi.