Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasidagi konditsionerlar ko‘chirilishiga izoh berildi

eʼlon qilindi
Aholi tomonidan hech qanday xarajatlarsiz amalga oshiriladi
Foto: Uzkanditsaner

Poytaxtning Shota Rustaveli ko‘chasidagi konditsionerlar ko‘chirilishi bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, binolardagi konditsionerlarning tashqi bloklari yagona balandlik darajasiga ko‘chirilmoqda.

«Barcha ishlar texnik me’yorlarga qat’iy rioya qilingan holda, uskunalarni o‘rnatish majburiyati bilan va o‘rnatish paytida ularning profilaktikasi bilan amalga oshiriladi. Ishlarga tuman hokimligi tomonidan tanlangan pudratchi tashkilotlar jalb etilgan. Uskunalarni o‘rnatish, profilaktika qilish va o‘rnatish aholi tomonidan hech qanday xarajatlarsiz amalga oshiriladi», – deyiladi xabarda.

Yozgi jazirama tufayli (40 darajadan yuqori harorat) vaqtincha to‘xtatilgan ishlar hozirda harorat pasaygani sababli qayta tiklangan. Ayni paytda ishlar belgilangan jadval asosida davom ettirilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri «Yangi O‘zbekiston» ko‘chasining bir qismi bir oyga yopilishi haqida yozgandi.

Shuningdek