
Grok sun’iy intellekt tizimiga Turkiyada rasman cheklov qo‘yildi. Bu haqda Cumhuriyet nashri xabar berdi.
X (sobiq Twitter) platformasiga tegishli bu tizim foydalanuvchilarga nisbatan haqoratli javoblar bergan. Shuningdek, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni haqorat qilgani sababli tergovga tortildi.
Anqara Bosh prokuraturasi tizimga nisbatan rasmiy surishtiruv boshlaganini tasdiqladi. Tergovga sabab sifatida Grok’ning so‘nggi yangilanishlaridan keyin foydalanuvchilarga va uchinchi shaxslarga nisbatan haqoratli mazmundagi javoblar bergani ko‘rsatilmoqda.
Shu sababli Turkiya hududida ushbu sun’iy intellekt tizimiga kirish vaqtincha to‘xtatildi.
Grok’ning rasmiy X sahifasida holat yuzasidan bayonot e’lon qilindi. Unda «so‘nggi paytlarda yuzaga kelgan nomaqbul javoblar» e’tiborga olingan. Bu kontentni platformadan olib tashlash bo‘yicha ishlar boshlanganini ma’lum qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Mask o‘zining X tarmog‘ida yangi sun’iy intellekt modeli – Grok 3.5 yordamida insoniyat bilimlarini qayta yozishini e’lon qilgandi.
Unga ko‘ra, mavjud modellar ko‘plab xatolar va yetishmayotgan ma’lumotlarga ega bo‘lib, bu yangi model orqali tuzatiladi.
Grok 3.5 modeli ilgari chiqarilgan Grok 3 asosida yaratilgan bo‘lib, 200 mingta Nvidia grafik protsessorida o‘qitilgan. U matematika, fan va dasturlash bo‘yicha mashhur standart testlarda yuqori natijalar ko‘rsatgan. GPT-4o va Gemini kabi ilg‘or modellarni ortda qoldirgan.
Shuningdek, Malayziyada Telegram vaqtincha bloklangani haqida yozgandi.
Aniqlanishicha, Edisi Siasat va Edisi Khas nomli ikki Telegram kanali MAMK e’tiroziga sabab bo‘lgan.