Uzbekistan Airways Iroqqa parvozlarni tikladi

Yaqin Sharqdagi mojaroning keskinlashuvi sababli yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng Uzbekistan Airways Iroq havo hududidan parvozlarni qayta tikladi. Bu haqda Iroq Transport vazirligi o‘zining rasmiy bayonotida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Rudaw.
Aviakompaniyaning qaytishi Iroq ustidan tranzit parvozlarni tiklashning keng ko‘lamli jarayonining bir qismi bo‘ldi. Havo hududidan foydalanishni qayta boshlagan boshqa kompaniyalar qatorida Air France, Red Wings va Air India ham bor.
Iroq aeronavigatsiya xizmatlari bosh kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, parvozlar soni kuniga 700 tadan oshgan. Bu mamlakat tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Eslatib o‘tamiz, Iroq havo hududi Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatning keskin tus olgani tufayli 13-iyundan 24-iyungacha butunlay yopilgan edi. Ushbu davrda faqatgina Kurdiston mintaqasida 1 283 ta reys bekor qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAirways Isroilga parvozlarni tiklayotgani haqida xabar bergan edi.