2025-yilda ayollarda ipoteka kreditiga bo‘lgan talab 4 foizga oshdi

2025-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekiston aholisining 31 589 nafari ipoteka kreditiga ega bo‘ldi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Ularga jami 9,44 trln so‘m miqdorida kredit ajratildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kredit hajmida qariyb 37 foiz, foydalanuvchi sonida esa 5 388 nafarga ko‘p demakdir.
Shuningdek, bu davrda ipoteka kreditidan foydalanganlarning 12 229 nafari ayollar bo‘lib, bu umumiy kredit oluvchilarning 39 foizini tashkil etdi. Ularga ajratilgan jami kredit hajmi 3,60 trln so‘mni tashkil qilgan. Erkaklar soni 19 360 nafar bo‘lib, ular uchun ajratilgan kredit hajmi 5,84 trln so‘m bo‘lgan.



O‘tgan yilning shu davrida esa ipoteka krediti olgan ayollar soni 26 201 nafar bo‘lgan. Ular uchun ajratilgan umumiy kredit miqdori esa 6,88 trln so‘mni tashkil qilgan.
2024-yilda ayollar ulushi 35 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich 4 foizga oshgan va 39%ga yetgan.
Yil | Kredit oluvchilar soni | Kredit hajmi (trln so‘m) | Ayollarga ajratilgan kredit (trln so‘m) | Ayollar ulushi (%) |
---|---|---|---|---|
2024 | 26 201 nafar | 6,88 trln | 2,455 trln | 35% |
2025 | 31 589 nafar | 9,43 trln | 3,6 trln | 39% |
Moliyalashtirish manbalari
- 2024-yilda Iqtisodiyot va moliya vazirligi – 3,67 trln so‘m, bank mablag‘lari – 2,37 trln so‘m, Ipoteka moliyalashtirish kompaniyasi – 847,1 mlrd;
- 2025-yilda Iqtisodiyot va moliya vazirligi – 6,39 trln, bank mablag‘lari – 2,25 trln so‘m, Ipoteka moliyalashtirish kompaniyasi – 794,3 mlrd.
Bozor segmentatsiyasi
2024-yilda:
- Birlamchi uylar: 16 066 nafar (61%) – 3,867 mlrd so‘m;
- Ikkilamchi uylar: 10 135 nafar (39%) – 3,016 mlrd so‘m.
2025-yilda:
- Birlamchi uylar: 23 596 nafar (75%) – 6,929 mlrd so‘m;
- Ikkilamchi uylar: 7 993 nafar (25%) – 2,506 mlrd so‘m.
Yosh toifasi bo‘yicha taqsimot
Yosh toifasi | 2024-yil (nafar) | Ulushi (%) | 2025-yil (nafar) | Ulushi (%) |
---|---|---|---|---|
18–30 yosh | 5 405 | 20% | 7 870 | 25% |
31–50 yosh | 18 269 | 70% | 20 800 | 66% |
50 yoshdan yuqori | 2 527 | 10% | 2 919 | 9% |
Jami | 26 201 | 100% | 31 589 | 100% |
Shu bilan birga, so‘nggi ikki yilda ajratilgan ipoteka kreditlarining o‘rtacha foiz stavkasi bank mablag‘lari hisobidan – 25% atrofida, «yangi tartib» doirasidagi kreditlarda esa 17,3–17,5% darajasida saqlanib qolmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabuli boshlangani haqida yozgandi.