Bitkoin yana rekord darajada qimmatlashdi

2025-yil 11-iyul kuni Bitkoin narxi ilk bor $117 mingdan oshdi. Bu raqam Bitkoin tarixidagi eng yuqori narx hisoblanadi.
Uznex platfpormasida 11-iyul soat 10:20 da bitta bitkoin narxi $117,2 mingni qayd etdi.
O‘sishga bir nechta omillar sabab bo‘ldi. Eng avvalo, AQSh dollarining qadrsizlanishi investorlarning kriptovalyutaga qiziqishini kuchaytirdi. Dollar so‘nggi olti oy ichida 11 foizga tushdi, bu esa investorlarni xavfsiz aktivlarga o‘tishga undadi.
Yana bir muhim sabab – spot bitkoin ETF’larning AQShda faol savdoga chiqishi. Bu orqali katta institutsional investorlar bozorda ishtirok eta boshladi. Siyosiy jihatdan ham kriptoga bo‘lgan munosabat ijobiy tus olyapti. AQShda ayrim siyosatchilar, jumladan, Donald Tramp bitkoin va kriptoaktivlarni ochiq qo‘llab-quvvatlamoqda.

Texnik tahlillar ham narxning ko‘tarilishini bashorat qilgan edi. Bozordagi ayrim qisqa muddatli pozitsiyalar yopildi. Bu esa narxning yanada yuqorilashiga sabab bo‘ldi. Hozirda ko‘plab tahlilchilar bitkoin narxi $120 mingdan ham oshishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bozorda faollik kuchaygan, altkoinlar ham ko‘tarilmoqda. Bozor ishtirokchilari yangi bosqich boshlanishini kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan bitkoin rekord darajada qimmatlagani haqida yozgan edi.