Chevrolet Tracker avtomobilining qo‘shni davlatlarda narxi qanday

11-iyul 2025 22:24 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Tracker
Foto: Chevrolet

Chevrolet Tracker — bu ixcham krossover bo‘lib, kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan. U shahar ichida ham, undan tashqarida ham harakatlanish uchun qulay variant hisoblanadi. Avtomobilda zaruriy funksiyalar mavjud bo‘lib, yonilg‘i sarfi va boshqaruv imkoniyatlari oddiy ehtiyojlarga mos keladi. Ushbu maqolada Chevrolet Tracker qo‘shni davlatlarda qanday narxda sotilayotgani bilan bog‘liq ma’lumotlar taqdim etiladi.

Chevrolet Tracker o‘zi qanday avtomobil

Ushbu model bir nechta dvigatel turlari va uzatmalar qutilari bilan taqdim etiladi. Eng keng tarqalgan variantlar 1.0 litrli va 1.2 litrli turbobenzinli dvigatellardir. 1.0 litrli motor taxminan 115 ot kuchi, 1.2 litrli dvigatel esa 132 ot kuchigacha quvvat ishlab chiqaradi.

Foto: Chevrolet

Tracker avtomatik va mexanik uzatmalar qutilari bilan jihozlanadi. 6 pog‘onali avtomat va 5 yoki 6 pog‘onali mexanik qutilar mavjud. Old g‘ildirakdan tortuvchi (FWD) tizim asosiy varianti hisoblanadi. Ba’zi versiyalar to‘liq g‘ildirakdan tortuvchi (AWD) tizim bilan ham jihozlanadi.

Avtomobilning uzunligi taxminan 4,27 metr, eni 1,79 metr, balandligi esa 1,6 metrdan sal oshiq. G‘ildirak bazasi 2,57 metrni tashkil qiladi.

Foto: UzAuto Motors

Avtomobil xavfsizlik tizimlari bilan ham boyitilgan. Unda ABS, ESP, yondosh havo yostiqchalari, tormoz kuchini taqsimlash tizimi mavjud. Yuqori komplektatsiyalarda orqa kamera, to‘liq LED chiroqlar va tepalikda harakatni nazorat qilish funksiyasi ham taqdim etiladi.

Multimedia tizimi 8 dyuymli sensorli ekran bilan jihozlangan bo‘lib, u Apple CarPlay va Android Auto tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ba’zi versiyalarda simsiz zaryadlash, orqa parkovka datchiklari va panorama tom mavjud.

Chevrolet Tracker
Foto: Chevrolet

Chevrolet Tracker’ning yoqilg‘i sarfi 100 km masofaga o‘rtacha 6–7 litrni tashkil qiladi. Bu esa uni tejamkor avtomobillar qatoriga kiritadi. Umuman olganda, Tracker kundalik hayotda foydalanish uchun mo‘ljallangan, sodda, ishonchli va texnologik qulayliklarga ega bo‘lgan avtomobil hisoblanadi.

O‘zbekiston

Foto: Chevrolet

Ushbu model O‘zbekistonda ommabop modellardan biri bo‘lib, yanvar-may oylarida 13,4 ming dona sotilgan. Ushbu model mahalliy bozorda 5 ta toifada taqdim etiladi. Ularning barchasida 5 ta o‘rindiq mavjud. Model shahar va sayohat uchun yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik xaridorlar uning yonilg‘i iste’moli me’yoridaligi uchun tanlaganini aytadi: Trassada 5,5 litrni tashkil etadi.

Uning narxlari chegirma bilan quyidagicha:

Model nomiNarxi (so‘mda)Narxi (USD, taxminiy)
Tracker LS Plus215,9 mln so‘m$17 111
Tracker LTZ Plus229,1 mln so‘m$18 161
Tracker Premier Plus252,6 mln so‘m$20 016
Tracker Redline
260,4 mln so‘m

$20 641
Tracker Premier Plus wo C68250,6 mln so‘m$19 867

Chegirmasiz esa quyidagicha:

Model nomiNarxi (so‘mda)Narxi (USD, taxminiy)
Tracker LS Plus221 mln so‘m$17,4 ming
Tracker LTZ Plus244 mln so‘m$19,3 ming
Tracker Premier Plus272 mln so‘m$21,5 ming
Tracker Redline282 mln so‘m$22,3 ming
Tracker Premier Plus wo C68270 mln so‘m$21 ming

Qozog‘iston

Chevrolet Tracker
Foto: Chevrolet

Qozog‘istonda Chevrolet Tracker bir nechta komplektatsiyada sotilmoqda. LT versiyasi avtomat uzatmalar qutisi va 1.2 litrli dvigatel bilan jihozlangan. Ushbu model asosan O‘zbekistondan eksport qilinadi.

Narxlar quyidagicha:

ModelNarxi (tenge)Narxi (AQSh dollarida)
1LT AT9 990 000 ₸19 000 $
Premier AT10 490 000 ₸20 000 $

Rossiya

Rossiya avtomobori ham ancha raqobatli. Mamlalat milliy ishlab chiqaruvchisi AvtoVaz ham Xitoy elektromobillari va koreya texnologiyalariga o‘rni bo‘shatib bermoqda, Shunday bo‘lsa ham Chevrolet Tracker mamlakat bo‘ylab xarid qilinadigan modellaridan biri bo‘lib qolmoqda. Modelni asosan ikkilamchi bozorda xarid qiladi. Ammo biz yangi Tracker narxlari haqida ma’lumotlarni to‘pladik.

Chegirmadagi narxlar:

Model nomiNarxi (rubl)Narxi (USD, taxminiy)
Tracker 1.8 MT LS952 000 ₽$12 000
Tracker 1.8 MT LT1 042 000 ₽$13 300
Tracker 1.4 MT LTZ AWD1 107 000 ₽$14 100
Tracker 1.8 AT LT AWD1 142 000 ₽$14 600
Tracker 1.8 AT LTZ AWD1 177 000 ₽$15 000

Chegirmasiz narxlar:

Model nomiNarxi (rubl)Narxi (USD, taxminiy)
Tracker 1.8 MT LS1 111 000 ₽$14,2 ming
Tracker 1.8 MT LT1 201 000 ₽$15,3 ming
Tracker 1.4 MT LTZ AWD1 266 000 ₽$16,2 ming
Tracker 1.8 AT LT AWD1 301 000 ₽$16,6 ming
Tracker 1.8 AT LTZ AWD1 336 000 ₽$17, 1 ming

Qizg‘iziston

Chevrolet Tracker
Foto: Chevrolet

Ushbu mamlakatda Tracker modelinining yangi versiyasini rasmy dilerdan xarid qilish imkoni mavjud. Avtomobil 1,66 mln qirg‘iz so‘mi ($19 ming) qiymatiga ega.

Tojikiston va Turkmanistonda ushbu modellarni rasmiy diler yoki avtosalondan xarid qilish imkonsiz. Xorijdan olib kirilgan avtomobillar turi, ishlab chiqarilgan sanas va qiymatiga qarab farq qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Tracker avtomobilining tarixi haqida maqola e’lon qilgan edi.

Shuningdek