FAO O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga texnik yordam ko‘rsatadi

eʼlon qilindi
Ro‘yxatga olish barcha hududlar va ma’muriy birliklarni qamrab oladi
FAO O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini birga ro‘yxatga olishga texnik yordam ko‘rsatadi. Foto: UkrAgroConsult

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatiga texnik ko‘mak ko‘rsatadi. Bu haqda EastFruit xabar berdi.

Birlashgan ro‘yxatga olish barcha hududlar va ma’muriy birliklarni qamrab oladi. Bu orqali aholining demografik tuzilishi va agrar sohaning asosiy jihatlari bo‘yicha obyektiv va to‘liq ma’lumotlar yig‘ilishi ta’minlanadi.

Zamonaviy statistik yondashuvlardan foydalanilgan holda ro‘yxatga olish bir xil va taqqoslanadigan axborot bazasini shakllantiradi. Bu esa ijtimoiy-iqtisodiy va agrar rivojlanishni boshqarishga oid asosli qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

FAO vakillarining qayd etishicha, aholini va qishloq xo‘jaligini yagona statistik jarayonda birlashtirilgan holda ro‘yxatga olish barcha darajalarda ijtimoiy va agrar holatning to‘liq manzarasini shakllantirish imkonini beradi. Olingan ma’lumotlar maqsadli rejalashtirish, investitsion jozibadorlikni oshirish va O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, FAO xalqaro amaliyotga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olinishini kamida har 10 yilda, ayrim mamlakatlarda esa har 4–5 yilda o‘tkazilishi lozimligini eslatib o‘tgan. FAO tavsiyalariga rioya qilgan holda, O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida zamonaviy va barqaror ma’lumot yig‘ish tizimini joriy etish yo‘lida muhim qadam tashlamoqda.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti kengashiga (FAO) saylangani haqida yozgandi.

Shuningdek