
Nutella ishlab chiqaruvchisi Ferrero Group AQShning mashhur don mahsulotlari kompaniyasi WK Kellogg’ni $3,1 mlrdga sotib oldi, deya xabar bermoqda CNN.
Ferrero WK Kellogg brendlarini rivojlantirish va sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Kompaniya tarkibida 14 ming xodim va 22 ta zavod mavjud. Kellogg assortimentida Raisin Bran, Corn Flakes va Apple Jacks kabi ko‘plab mashhur mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Bu Ferrero’ning eng yirik xaridi bo‘lib, kompaniyaning AQSh bozoridagi ta’sirini sezilarli darajada oshiradi. Mutaxassislar bu bitimni oziq-ovqat sanoatida kuchayib borayotgan konsolidatsiya va o‘zgarayotgan iste’molchi talablari fonida «aqlli qadam» deb baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rhode kosmetika brendi $1 milliardga sotilgan edi.