Honor Magic 8 Pro smartfoni haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi

11-iyul 2025 13:12 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Honor
Honor Magic 8 Pro smartfoni haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi / Foto: Android central

Honor Magic 8 Pro smartfoni haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda 4pda texnologiyalar nashri xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, bu flagman model kuchli texnik xususiyatlarga ega bo‘ladi. Smartfon Qualcomm Snapdragon 8 Elite 2 protsessori bilan jihozlanadi. Uning ekrani 6,71 dyuym bo‘lib, uch o‘lchamli yuzni aniqlash tizimi va ultratovushli barmoq izi skaneri bilan ta’minlanadi.

Asosiy kamera 200 megapikselli bo‘ladi. Akkumulyator sig‘imi esa 7000 mA/soatdan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Qurilma 100 vattlik tezkor zaryad va 80 vattlik simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Honor Magic 8 Pro kuzda taqdim qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kusiv Uzbekistan nashri Honor kompaniyasi yangi Honor X70 smartfonini iyul oyida taqdim etishi haqida yozgan edi.

Shuningdek