Ma’muriy ish yuritishda xususiy ayblov tartibi joriy etiladi

eʼlon qilindi
Bu orqali ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik bekor qilindi
Ma’muriy ish yuritishda xususiy ayblov tartibi joriy etiladi / Foto: Noi.md

2025-yil 10-iyulda qabul qilingan qonunga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Ushbu qonun bilan ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik bekor qilindi.

Xususan, avtomat telefonlarni shikastlantirish hamda ruxsatsiz radioeshittirish uskunalarini o‘rnatish yoki ulardan foydalanish kabi harakatlar endilikda ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lmaydi.

Shuningdek, tuhmat, haqorat kabi ayrim huquqbuzarliklar faqat jabrlanuvchining arizasiga binoan ko‘rib chiqiladi. Bu esa xususiy ayblov instituti joriy etilayotganini bildiradi.

Agar jabrlanuvchi voyaga yetmagan, nogiron yoki o‘z huquqini himoya qila olmaydigan holatda bo‘lsa, ish yuritish vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda boshlanadi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yashash joyi bo‘yicha fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi tasdiqlangan edi.

Shuningdek