Onvo L90 elektromobili uchun oldindan buyurtmalar boshlandi

11-iyul 2025 11:11 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Onvo L90
Onvo L90 elektromobili oldindan buyurtmaga chiqarildi / Foto: CarNewschina

Xitoyda Nio kompaniyasining Onvo L90 elektromobili oldindan buyurtmaga chiqarildi. Narxi $27 mingni tashkil etadi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Bu eng yengil to‘liq o‘lchamli uch qatorli SUV bo‘lib, og‘irligi atigi 2 250 kgni tashkil etadi. Avtomobil 900V tizim, 4D mm-to‘lqinli radar va ilg‘or havo osmasiga ega.

Foto: CarNewsChina

Onvo L90 o‘lchamlari: 5145×1998×1766 mm. G‘ildirak bazasi 3110 mmni tashkil etadi. Old bagaj hajmi – 240 litr. Orqa bagaj 430 litr hajmga ega.

Model 6 yoki 7 o‘rinli variantlarda taqdim etiladi. 6 o‘rinli versiyada har bir o‘rindiqda isitish, ventilyatsiya va massaj funksiyasi bor. Uch zonali konditsioner, shift ekran, ovoz tizimi va mini muzlatkich ham mavjud.

Avtomobil markazida 17,2 dyuymli katta 3K ekran joylashgan. Tizimda shift va ustunlar mikro tolali mato bilan qoplangan. Eshiklar yumshoq yopiladi, g‘ildiraklar esa shovqinsiz ishlaydi.

Foto: CarNewsChina

Onvo L90’da tomda LiDAR yo‘q, lekin kuchli 4D radar bor. U 370 metrga qadar aniqlaydi. Avtomobil 9 ta xavfsizlik yostiqchasi bilan jihozlangan.

85 kVt/soat quvvatdagi akkumulyator bilan 570–605 km yo‘l yuradi. Batareya 440 kg, zichligi esa 193,2 Vt/soat/kg. U tezda almashtiriladigan akkumulyator tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Yangi Shangjie brendi ilk avtomobilini yaqin kunlarda taqdim etishi haqida yozgan edi.

Shuningdek