Yangiliklar

Oq uy Trampning Supermen qiyofasidagi suratini e’lon qildi

Fil Jeyms Gann tomonidan suratga olingan
Donald Tramp
Oq uy Trampning Supermen qiyofasidagi suratini e’lon qildi / Foto: Oq uy matbuot xizmati

Oq uy matbuot xizmati tomonidan X’da (sobiq twitter) AQSh prezidenti Donald Trampning Supermen obrazidagi surati e’lon qilindi. Suratga ilova qilingan izohda Tramp umid timsoli sifatida taqdim etilgan.

«Haqqoniylik. Adolat. Amerikancha yo‘l. Supermen Tramp», — deyiladi Oq uy matbuot xizmatining postida.

Ushbu surat rejissyor Jeyms Gann tomonidan suratga olingan «Supermen» filmi posteri uslubida tayyorlangan. Gann ilgari ham ko‘plab kino-komikslar ustida ishlagan. Filmni DC Studios ishlab chiqqan, tarqatilishini esa Warner Bros. Pictures amalga oshirgan. Kartina butun dunyo kinoteatrlariga 7-iyul kuni, AQShda esa 11-iyul kuni chiqdi.

Film syujeti yosh Klark Kent haqida bo‘lib, u superqahramonlik va insoniy hayot o‘rtasida muvozanat saqlashga harakat qiladi. Bosh rollarni Devid Korensvet (Klark Kent/Supermen), Reychel Brosnaxan (Lois Leyn) va Nikolas Xolt (Leks Lutor) ijro etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Donald Tramp Oq uyda UFC turnirini o‘tkazishini e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.