
Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimi har oyda bir milliondan oshmoqda. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
Bu nafaqat O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish ortayotganini, balki turizm sohasidagi islohotlarning amaliy samaradorligini ko‘rsatmoqda.
2024-yilga nisbatan sayyohlar soni qariyb 20 foizga oshdi. Aprel oyida mamlakat birinchi marta 1 mlndan ortiq xorijlik mehmonni qabul qilgan bo‘lsa, may oyida bu raqam 1,1 mlnga yetdi. Iyun oyida ham o‘sish sur’ati saqlanib, yana 1,1 mlnga yaqin sayyohlar O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ziplayn va kanatli parklar qaysi hududlarda qurilishi haqida yozgan edik.