
Xiaomi tomonidan arzon narxdagi yangi Redmi 15C smartfoni tayyorlanmoqda. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.
Rasmiy taqdimot sanasi hali e’lon qilinmagan, biroq qurilma haqidagi asosiy ma’lumotlar va sifati yuqori suratlar allaqachon e’lon qilindi.
Redmi 15C 6,9 dyuymli IPS ekranga ega bo‘ladi. Ekran yangilanish tezligi 120 Hz. Old kamera 13 MP, asosiy kamera esa 50 MP bo‘ladi.
Asosiy versiyada 4 GB tezkor xotira va 128 GB doimiy xotira mavjud. Kengaytirilgan versiyada esa 256 GB doimiy xotira bo‘ladi. Batareya sig‘imi 6000 mA/soat etib belgilangani va 33 Vt quvvat bilan zaryadlanishi bilan ajralib turadi. Ushbu smartfon bitta zaryad bilan 77 soatgacha ishlay oladi.
Redmi 15C MediaTek Helio G81 protsessori asosida ishlaydi. Qurilmaning o‘lchami — 173x81x8,2 mm, og‘irligi esa 205 grammni tashkil etadi. Narxlari ham ma’lum: oddiy versiya — 130 yevro, kuchliroq versiya esa 150 yevro.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi K90 Pro haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilingani haqida yozgan edi.