Samsung Galaxy S25 va Galaxy S24 uchun muhim yangilanish chiqardi

11-iyul 2025 09:50 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung
Samsung Galaxy S25 va Galaxy S24 uchun muhim yangilanish chiqardi / Foto: Tom’s Guidi

Samsung Galaxy S25 va Galaxy S24 uchun muhim yangilanish chiqardi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Bu iyul xavfsizlik yangilanishi bo‘lib, One UI 8 Interfeysi tizimi emas. U yangi funksiyalarni qo‘shmaydi. Biroq, smartfonlarni yanada xavfsiz qiladi. One UI tizimidagi 10 ta, jumladan, bitta jiddiy zaiflik tuzatildi. Shuningdek, Android tizimida Google tomonidan aniqlangan muhim zaifliklar ham yopildi.

Hozircha bu yangilanish faqat Janubiy Koreyada taqdim etildi. Galaxy S25 liniyasi uchun yangilanish raqami AYF6, Galaxy S24 modellari uchun esa BYF1.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 Ultra haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek