Yangi Shangjie brendi ilk avtomobilini yaqin kunlarda taqdim etadi

11-iyul 2025 09:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Shangjie
Yangi Shangjie brendi ilk avtomobilini yaqin kunlarda taqdim etadi / Foto: CarNewsChina

Huawei va SAIC hamkorligida tashkil etilgan HIMA ittifoqining yangi Shangjie brendi ilk avtomobilini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Kompaniya kuzda avtomobilni rasmiy ravishda namoyish etishni rejalashtirmoqda. Huawei rahbari Richard Yu Shangjie sahnaga chiqayotgani haqida yozdi. E’lon qilingan suratlarda avtomobil qalin kamuflyaj bilan yashirilgan. Uning old qismi yopiq dizaynda bo‘lib, chiroqlar butun kenglik bo‘ylab uzluksiz joylashgan.

Foto: CarNewsChina

Avtomobilning tom qismida LiDAR moslamasi o‘rnatilgan. Bu – aqlli haydov tizimining muhim qismi. Old va orqa qismlarda ushbu moviy nur joylashishi kutilmoqda.

Yon tomoni hali to‘liq ko‘rinmagan, lekin silliq chiziqlar ko‘zga tashlanadi. Ko‘pchilik yangi avtomobillarda uchraydigan yassi eshik tutqichlari o‘rniga bu modelda oddiy tutkichlar qo‘llangan.

Shuningdek, avtomobil Huawei ishlab chiqqan HarmonyOS tizimida ishlaydi. Bu tizim ko‘p ekranli boshqaruv, ovozli yordamchi va uydagi qurilmalar bilan integratsiyani taklif qiladi.

Foto: CarNewsChina

Narxi ming yuan 150-250 ($20 ming-$34 ming) oralig‘ida bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham barcha modifikatsiyalarda LiDAR tizimi bo‘lmasligi mumkin. Arzonroq versiyalarda ko‘rish texnologiyasiga asoslangan haydov tizimi qo‘llanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet avtomobillarining dizayni qanday yaratilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek