YouTube «Trendlar» sahifasini yopmoqda
eʼlon qilindi
Sahifa 2015-yilda boshlangan

YouTube 10 yildan beri faol bo‘lgan «Trendlar» sahifasini yaqin haftalarda yopadi. Bu haqda Variety nashri ma’lum qildi.
Kompaniyaga ko‘ra, foydalanuvchilar hozirda virusli videolar va mikro-trendlarni Shorts, tavsiyalar va izlash orqali topmoqda.

2015-yilda boshlangan sahifa o‘rniga endi «Trend musiqalar», «Haftalik podkastlar» va «Film treylerlari» kabi maxsus reytinglar joriy qilinadi. YouTube bu o‘zgarishlar orqali foydalanuvchilarga dolzarb kontentni yanada aniqroq taqdim etishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq You Tuber MrBeast eng yosh milliarder bo‘lgani haqida yozgan edik.