
Oʻzbekistonda dam olish kunlari aholiga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida ayrim tijorat banklari shanba va yakshanba — 12–13-iyul kunlari ham valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʻtkazmalari xizmatlarini koʻrsatadi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur kunlarda faoliyat yurituvchi banklar quyidagilar: «Agrobank», «Anorbank», «Apexbank», «Asakabank», «Asia Alliance Bank», «Biznesni rivojlantirish banki», «Garantbank», «Hamkorbank», «Hayot Bank», «Ipoteka bank», «Infinbank», «Kapitalbank», «Orient Finans Bank», «Sanoatqurilishbank», «Saderat Bank», «Tenge Bank», «Trastbank» va «Oʻzmilliybank».
Shuningdek, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari va banklarning mobil ilovalari orqali ham valyuta ayirboshlash amaliyotlarini istalgan vaqtda onlayn tarzda amalga oshirish mumkin.
Biroq Markaziy bank har bir filialning ish jadvali alohida belgilanishini inobatga olib, mijozlarga aniq ma’lumotlarni toʻgʻridan toʻgʻri tegishli banklardan olishni tavsiya qilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ortda qolgan hafta davomida dollar qanchaga pasaygani haqida xabar bergan edi.