Samsung Galaxy S25 Edge’ga nisbatan uzoqroq ishlovchi arzon smartfon taqdim etildi

13-iyul 2025 00:06 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Infinix
Galaxy S25 Edge’ga nisbatan uzoqroq ishlovchi arzon smartfon taqdim etildi / Foto: Infinix

Infinix kompaniyasi yangi Infinix Hot 60 Pro+ smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Unian nashri xabar bermoqda.

Qurilma o‘zining yupqa korpusi, kuchli batareyasi va yorqin dizayni bilan ajralib turadi. Uning qalinligi atigi 5,95 mm bo‘lib, bu Galaxy S25 Edge’dan faqat 0,2 mm ga qalinroq. Biroq, vazni undan yengil – 154,6 gramm. Asosiysi, Hot 60 Pro+ 5160 mA⋅soat sig‘imdagi akkumulyatorga ega bo‘lib, bu Samsung modelidagi 3900 mA⋅soatdan ancha katta.

Smartfonda 6,78 dyuymli AMOLED ekran bor, 1,5K aniqlikda va 144 Hz yangilanish tezligiga ega. Uning yorqinligi 4500 nitgacha yetadi. Old paneli Gorilla Glass 7i bilan himoyalangan. Qurilma MediaTek Helio G200 protsessori bilan jihozlangan, operativ xotira hajmi 8 GB, doimiy xotira esa 128 yoki 256 GB bo‘ladi. Asosiy kamera 50 MP Sony IMX882 sensoriga ega, old kamera esa 13 MP. Korpus alyuminiydan, orqa panel esa shisha tolali materialdan tayyorlangan. Qurilmaga Android 15 operatsion tizimiga asoslangan XOS 15.1.1 tizimi o‘rnatilgan.

Hot 60 Pro+ turli xil ranglarda taklif qilinadi. Narxi hozircha e’lon qilinmagan, lekin $200 ga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Savdoga chiqarilishi 14-iyulga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 115 dollarlik Infinix Hot 60i taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek