Sport

O‘zbekiston milliy terma jamoasini germaniyalik murabbiy boshqarishi mumkin

Lev Germaniya terma jamoasini 2014-yilda jahon chempioniga aylantirgan
Yoaxim Lev
Yoaxim Lev / Foto: Sportbox

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Germaniyaning taniqli murabbiyi Yoaxim Lev bilan muzokaralar olib bormoqda. U milliy terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Championat Asia xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, 65 yoshli Lev Germaniya terma jamoasini 2014-yilda jahon chempioniga aylantirgan. O‘sha yili FIFA uni dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb e’lon qilgan. Lev 2021-yil mart oyida Germaniya terma jamoasidan ketgan va shundan beri hech qayerda ishlamagan.

Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze hisoblanadi. U Srеchко Katanets ketganidan so‘ng vaqtincha jamoani boshqarmoqda. Hozircha Kapadze bilan tuzilgan shartnoma uzaytirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston FIFA reytingida 2 pog‘ona yuqorilagani haqida yozgan edi.