
Realme kompaniyasi yangi Realme 15 5G va 15 Pro smartfonlarini 24-iyul kuni taqdim etishini ma’lum qildi. Bu haqda 4pda nashri ma’lumot berdi.
Yangi modellar to‘rt xil rangda taqdim etiladi.
Nashrga ko‘ra, smartfonlar Snapdragon protsessori, kuchli neyroprotsessor va yorqin ekran bilan jihozlanadi.
Realme bu qurilmalarni yupqa korpus, chiroyli dizayn va yaxshi kamera bilan maqtamoqda.
Yana bir yangilik – AI Edit Genie texnologiyasi. U fotosuratlarni ovoz yordamida tahrirlash imkonini beradi.
Ma’lumot o‘rnida, Realme – zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha faoliyat yurituvchi xalqaro kompaniya bo‘lib, 2018-yilda Xitoyda tashkil etilgan. Kompaniya dastlab OPPO brendining subbrendi sifatida ish boshlagan, ammo tez orada mustaqil ishlab chiqaruvchiga aylandi.
Realme qisqa vaqt ichida Osiyo, Yevropa va boshqa bozorlarda mashhurlikka erishdi. Uning asosiy mahsuloti – arzon, lekin funksional smartfonlar. Qurilmalari zamonaviy dizayn, kuchli protsessorlar, sifatli kameralar va katta batareyalar bilan ajralib turadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Realme Note 70T smartfoni tez orada taqdim etilishi haqida yozgan edi.