Samsung Galaxy Tab S11 va S11 Ultra sentabrda taqdim etiladi

13-iyul 2025 16:34 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy Tab S11 va S11 Ultra
Samsung Galaxy Tab S11 va S11 Ultra sentabrda taqdim etiladi / Foto: Samsung

Samsung yangi planshetlari Galaxy Tab S11 va Galaxy Tab S11 Ultrani sentabrda taqdim etishi kutilmoqda. Bu haqda ITHome texnologiyalar nashri xabar bermoqda.

Samsung South Africa rahbari yangi planshetlar odatdagi jadval asosida chiqarilishini qayd etdi.

Avvalgi Galaxy Tab S10 seriyasi 2024-yil sentabrda chiqqan. Shuning uchun Galaxy Tab S11 ham shu vaqtda namoyish qilinishi kutilmoqda.

Yangi seriyada faqat ikkita model bo‘ladi — S11 va S11 Ultra. Plus modeli chiqarilmaydi. Shuningdek, Galaxy S26 smartfonlar seriyasida ham Plus versiyasi bo‘lmaydi.

Avvalroq kompaniya Galaxy Z Fold7, Z Flip7 va Z Flip7 SE sotuvga chiqargan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 Ultra haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek