Administratsiya va muhim tuzilmaviy bo‘linmalarda yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga muvofiq, prezident Administratsiyasi va prezident huzuridagi tuzilmaviy bo‘linmalarda quyidagi kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.
Erkin Turaqulovich Yuldashev O‘zR prezident Administratsiyasining Komplaens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Azizbek Allabergenovich Urunov O‘zR prezidentining Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi.
Aziz Yuldashevich Magrupov O‘zR prezidentining tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimidan ozod qilindi.
Alisher Saidabbasovich Sultanov O‘zR prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u energetik xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimidan ozod etildi.
Odil Qalandarovich Abdurahmonov O‘zR prezidentining sport bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezident Administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, prezident Administratsiyasi va unga tegishli tuzilmalarda quyidagi rahbar lavozimlar o‘zgarishsiz qoldi:
Hayriddin Madriddinovich Sultonov O‘zR prezidentining maslahatchisi, spichrayteri;
Shuhrat Madaminovich G‘aniyev O‘zR prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
Tursinxon Ayarovich Xudayberganov O‘zR prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
Viktor Vladimirovich Maxmudov O‘zR prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi;
Alisherbek Azizovich Paygamov O‘zR prezident Administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti rahbari;
Ulug‘bek Uchkunovich Qurbanov O‘zR prezident protokoli rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sardor Umrzoqov yangi lavozimga tayinlangan edi.