AOKA o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Prezident Administratsiyasining yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi
Foto: Yandex

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Prezident Administratsiyasining yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi.

Farmonga asosan, Administratsiya va unga bo‘ysunuvchi tashkilotlarda ortiqcha va takrorlanadigan lavozimlar optimallashtirildi, 284 ta shtat birligi qisqartirildi.

Shuningdek, Prezident Administratsiyasining faoliyatida besh ustuvor yo‘nalish belgilandi: ta’lim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari. Har bir yo‘nalishda islohotlarni tizimli tashkil etish maqsadida Prezident Administratsiyasi rahbarining besh nafar o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

Shu bilan birga, muhim islohotlar alohida loyiha ofislari orqali amalga oshiriladi. Administratsiya faoliyatida esa «komplaens» tizimi joriy qilinadi.

Qator ustuvor yo‘nalishlarda prezident vakillari lavozimlari ta’sis etildi. Shu bilan birga, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tugatilib, uning o‘rnida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilishi belgilandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan 53 nafar jurnalist mukofotlangani haqida yozgandi.

Shuningdek