
AQSh prezidenti Donald Tramp 13-iyul kuni Merilend shtatidagi Endryus harbiy bazasida bo‘lib o‘tgan brifingda Ukrainaga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari topshirilishini ma’lum qildi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.
Trampning aytishicha, AQSh ushbu komplekslarni Yevropa Ittifoqi davlatlariga sotadi, so‘ngra ular orqali Ukrainaga yuboradi.
«Bu biz uchun biznes. Ukrainaliklar Patriot tizimlariga muhtoj va biz ularni yetkazib beramiz», – dedi u jurnalistlar bilan suhbatda.
Shu bilan birga, Tramp komplekslar soni haqida aniq raqam keltirmadi. Prezident bu qurollarni aynan qaysi Yevropa davlatlari sotib olishi bo‘yicha ham izoh bermagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp Yevropa Ittifoqi va Meksikaga qarshi 30% boj joriy qilgani haqida yozgandi.