Yangiliklar

Avtomobil kapotini akvariumga aylantirgan fuqaro jarimaga tortildi

Yana bir guruh fuqarolar Laboga suv to‘ldirib video olgani uchun 12 sutkaga qamaldi
Foto: Videodan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda bir fuqaroning avtomobil kapotiga suv to‘ldirib, unga tirik baliq solgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan chora ko‘rildi va fuqaro ushbu harakati uchun jarimaga tortildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/07/img_5852.mp4
Video: Ekologiya vazirligi

Mazkur holat Ekologiya va Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘rganildi. Tekshiruv natijasida ushbu huquqbuzarlik Toshkent shahrida yashovchi fuqaro tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

Unga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari – 1 million 125 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida Labo avtomobili yukxonasiga suv to‘ldirib, nomaqbul harakatlar qilgan fuqarolarga 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda baliqni ushlagan 22 yoshli yigit ayolni haqorat qilgani uchun javobgarlikka tortilgani haqida yozgandi.

Shu bilan birga, poytaxtda haydovchi mushukni avtomobildan uloqtirgani uchun javobgarlikka tortilgandi.