Avto

Chery Fulwin A9L Xitoyda rekord darajada buyurtma oldi

Narxi $21 mingdan boshlanadi
Chery Fulwin A9L
Chery Fulwin A9L Xitoyda rekord darajada buyurtma oldi / Foto: Chery

Xitoyda yaqinda taqdim etilgan Chery Fulwin A9L gibrid sedani katta qiziqishga sabab bo‘ldi. Atigi 24 soat ichida unga 50 mingdan ziyod buyurtma kelib tushgan. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Taqqoslash uchun, Toyota Camry XV80 modeli Xitoyda bir oyda 5 ming atrofida buyurtma olgan edi. Bunday talabning sababi mashinaning narxi va imkoniyatlari o‘rtasidagi muvozanatda bo‘lishi mumkin. Fulwin A9L 5 metrli sedan bo‘lib, kuchli va tejamkor.

Avtomobilning uzunligi 5018 mm, g‘ildirak bazasi esa 3000 mm. Baza versiyasi 374 ot kuchiga ega, to‘liq yuruvchi eng kuchli versiyasi esa 639 ot kuchi ishlab chiqaradi.

Faqat elektrda 260 km masofani bosib o‘ta oladi. To‘liq zaxira masofasi esa 2500 km dan ortiq. Narxi $21 mingdan $29 minggacha qiymatga ega.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chery Fulwin A9L avtomobilining savdosi boshlangani haqida yozgan edi.