Liftlarni yiliga bir marotaba texnik ko‘rikdan o‘tkazish belgilandi

Bino va inshootlarda doimiy foydalanilayotgan liftlar har 12 oydan kam bo‘lmagan muddatda kamida bir marotaba majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Shuningdek, yangi o‘rnatilgan yoki foydalanishga topshirilgan har qanday lift avvalo maxsus elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilishidan oldin dastlabki texnik ko‘rikdan o‘tishi shart.
Dastlabki ko‘rik liftni o‘rnatgan pudratchining murojaati asosida, 10 ish kunidan kechiktirmay, tegishli ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik ko‘rik natijalariga ko‘ra, liftga quyidagi ranglarda ma’lumot yorlig‘i yopishtiriladi:
- yashil — foydalanishga yaroqli;
- moviy — qisman nosoz;
- sariq — nosoz;
- qizil — foydalanish uchun xavfli.
Agar texnik ko‘rik natijasida lift xavfli deb topilsa va unga qizil rangli yorliq berilsa, u holda undan foydalanish qat’iyan man etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan lift ichida qolib ketgan bolalar qutqarilgani haqida yozgandi.