Lifestyle

Mars meteoriti kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Uning narxi $2 mlndan yuqori
Mars meteoriti
Mars meteoriti Yerda kim oshdi savdosiga qo‘yildi / Foto: Sotheby’s

Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksion uyi tomonidan Marsdan tushgan eng katta meteorit kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Noyob obyektning taxminiy qiymati $2-$4 mlnni tashkil etadi.

Og‘irligi 24,7 kg bo‘lgan NWA 16788 meteoriti 2023-yilda Nigerda topilgan. Olimlarning fikricha, tosh bo‘lagi asteroid to‘qnashuvidan so‘ng qizil sayyora yuzasidan uzilib, kashf etilishidan bir necha yil avval Sahroi Kabirga qulagan.

Meteoritning mineralogik tarkibi Marsning magmatik jinslariga mos keladi va uning yuzasida Yer atmosferasining zich qatlamlaridan o‘tish izlari ko‘rinadi. Kimoshdi savdosi tashkilotchilari obyektning ilmiy qiymati va yuqori darajada saqlanishiga e’tibor qaratadi. Yiqilganidan keyin meteorit Yer atmosferasining minimal ta’siriga duchor bo‘ldi.

Mars meteoritlari kamdan-kam uchraydi. Rasmiy ro‘yxatga olingan 77 ming meteoritdan faqat 400 ga yaqini qo‘shni sayyoradan Yerga kelgan.

Avvalroq Dunyodagi birinchi Birkin sumkasi rekord narxda sotilgani haqida yozgan edi.