O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Toshkent shahri va Namangan viloyatida fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni pul evaziga o‘qishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Uchtepa tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir shaxs O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasiga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishini va’da qilib, $2 ming olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday holat Namangan viloyatining Norin tumanida ham aniqlangan. Fuqaro Toshkentdagi xususiy oliygohlardan biriga 3-kursdan o‘qishga kiritishni va’da qilib, $2 ming olayotganida qo‘lga olingan.

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq departament tomonidan Iqtisodiyot universiteti oʻqituvchisi 4 ming dollar pora olayotganda ushlangan edi.

Shuningdek