
O‘zbekiston prezidenti administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident farmoni bilan:
- Xilola Umarova prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi.
- Tamila Alieva prezident administratsiyasi rahbarining tibbiyot tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
- Timur Butunbaev prezident administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
- Nodira Hakimova prezident administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
- Sherzod Ozodzoda prezident administratsiyasi rahbarining tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
- Dilnoza Ziyamuxamedova prezident administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston prezidentining yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq Saida Mirziyoyeva prezident administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlangani va Komil Allamjonov Saidа Mirziyoyevaning mustaqil maslahatchisi bo‘lgani haqida yozgandik.