
Sardor Umrzoqov prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan tashqari, prezident farmoniga binoan yana bir qator maslahatchilar tayinlandi:
- Abdulaziz Kamilov prezidentning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi.
- G‘ofurjon Mirzaev prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – prezident huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
- Ravshan Gulyamov prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u prezidentning iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
- Mansurbek Olloyorov prezidentning ijtimoiy himoya bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u prezidentning maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
- Ruslanbek Davletov prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirilgani haqida yozgandik.