Yangiliklar

Sherzod Asadov prezident matbuot kotibi lavozimiga qayta tayinlandi

Yana bir necha muhim tayinlovlar amalga oshirildi
Sherzod Asadov prezidentning matbuot kotibi lavozimiga qayta tayinlandi / Foto: President.uz

Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq, Administratsiya tizimida qator rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, quyidagi tayinlovlar amalga oshirildi:

Samadov Alisher Bahadirovich prezidentning Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Kadirov Doniyor Baxtiyorovich prezident Administratsiyasining Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Umerova Gayané Olegovna prezident Administratsiyasining Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Asadov Sherzod Ikromovich prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti rahbari – prezidentning matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u ilgari egallab turgan Prezidentning matbuot kotibi lavozimidan ozod etildi.

Abdurahimov Nodirjon Abduqunduzovich prezident Administratsiyasining Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi.

Xo‘jayev Bobur Botirovich prezident Administratsiyasining Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Haydarov Zilemxon prezident Administratsiyasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Moliya-xo‘jalik departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi.

Jaxangirova Ella Anatolyevna prezident Administratsiyasining Tadbirlarni tashkil etish departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u prezident protokoli rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sardor Umrzoqov yangi lavozimga tayinlangan edi.